Endi Yangi yopliklarga to‘lqinlar to‘siqsiz boradi
Endi Yangi yopliklarga to‘lqinlar to‘siqsiz boradi

 

Xalq deputatlari Yangibozor tuman kengashi deputati Ulug‘bek Qo‘chqarov Yangibozor tumani Yangi yop mahallasida bo‘lib o‘tgan saylovchilar bilan uchrashuvida aholini o‘ylantirayotgan masalalar borligini aniqlagan edi.

Gap shundaki, fuqarolar to‘lqin tarqatish moslamasi, ya’ni antennaga ehtiyojlari borligini bildirgan. Yangi yop mahallasiga to‘lqin tarqatish moslamasini o‘rnatib berishda amaliy yordam so‘ralgan.

Fuqarolarning murojaati deputat diqqat markazidan chetda qolgani yo‘q. Mazkur masala bo‘yicha deputat tegishli tashkilotlarga so‘rov yubordi. Natijada Yangibozor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosi yoniga to‘lqin tarqatish moslamasi (antenna) o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish