Bo‘ka tumanidagi yer mojarosi
Bo‘ka tumanidagi yer mojarosi

 

oilaviy pudratchilar bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berilgan yerlarning auksionga qo‘yilishi haqidagi xabarlar keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamalariga, noroziligiga ham sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 yil oldin tuman hokimligining tegishli qaroriga muvofiq tashkil etilgan yer uchastkalariga o‘n besh xo‘jalik oilaviy pudrat asosida, o‘z mablag‘lari hisobiga 100 mingdan ortiq tut ko‘chatlari ekkan. Shartnoma shartlari bajarilib, ko‘chatlar parvarishlab kelinmoqda. Ammo bugungi kunda noma’lum sabablarga ko‘ra mazkur yer uchastkalari auksionga qo‘yilishi belgilangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov mazkur yer uchastkalarini auksionga qo‘yilishi holatini ko‘rib chiqish, oilalarni kasanachilik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha Toshkent viloyat hokimi Z.Mirzayevga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshevga deputatlik so‘rovi yubordi.

So‘rovda pudrat asosida ish yuritayotgan oilalar tarkibida nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy jihatdan kam ta’minlanganlar ham mavjudligiga alohida e’tibor berilgan.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish