Deputat tashabbusi bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirildi

 

Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi M.Jumayeva joylarda aholi muammolarini o‘rgandi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyat partiya kengashi. Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sayyor uchrashuv tashkil etdi.

Tadbir doirasida nogironligi bo‘lgan fuqaro Shafoat Umrzoqova xonadoniga borilgan. Ayolning oilaviy sharoiti o‘rganilib, uning “Ayollar daftari”ga kiritilgani asosida moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan Qimmat Ibragimovaning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida xonadoni ta’mirlanib, eshik va derazalar yangidan o‘rnatilgan.

Deputat tashabbusi bilan mahallada istiqomat qiluvchi Feruza Jumayeva va Abdurauf Kenjayevning yashash uyi tom qismi shifer bilan yopish uchun zarur qurilish materiallari olib berildi.

Mazkur amaliy yordamlar deputatning joylardagi fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan mas’uliyatli yondashuvining yana bir yorqin namunasi, deb baholaydi viloyat partiya kengashi mas’ullari.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish