Deputat mahallada muloqot o‘tkazib, murojaatlarni qabul qildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov o‘z saylov okrugida Koson tumanidagi «Esaboy» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazdi.

Deputat mahalla fuqarolar yig‘inidagi «yettilik» faoliyati bilan yaqindan tanishib, parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputat saylovchilarning murojaatlarini ham qabul qildi. Ularga yechim topish bo‘yicha dastlabki choralarni belgilab oldi. Shu kuni deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqa xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishildi, yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha amaliy yordam berishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish