“Intellektual olimpiada” g‘oliblari taqdirlandi

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda talabalar intellektual o‘yinlar orqali o‘z bilim va salohiyatini namoyish etishdi. Olimpiadaning asosiy maqsadi — yoshlarning aqliy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularda mustaqil fikrlash, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida “Zakovat” va “Breyn-ring” kabi intellektual o‘yinlar tashkil etildi. G‘oliblik uchun bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslarda “Pedagog” jamoasi o‘zining bilimdonligi, jamoaviy ishlash madaniyati va intellektual mahorati bilan ajralib turdi va mutloq g‘olib deb topildi.

G‘olib jamoa Buxoro davlat pedagogika instituti ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, partiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish