Siyosatdagi yoshlar — bilim va zakovat egalari

 

Yoshlarni mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etishga undash, ularning bilim, tafakkur va tashabbuskorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, intellektual salohiyatli, siyosiy yetuk va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida partiyaning Toshkent shahar kengashi «Siyosatdagi yoshlar» loyihasini tashkil etdi. Unda «Zakovat» intellektual turnirining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.

Turnirda poytaxtimizdagi turli oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etib, o‘z bilimi, siyosiy saviyasi va mantiqiy tafakkurini namoyish etdilar. Savollar siyosat, madaniyat va mantiqiy fikrlash yo‘nalishlarini qamrab olib, yoshlarning mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Qizg‘in bahslar yakunida faxrli 1-o‘rinni Sharqshunoslik universitetining «Sharqshunoslar» jamoasi qo‘lga kiritdi. 2- va 3-o‘rin Fan va texnologiyalar universitetining «La Casa de Papel» hamda «Shedevr» jamoalariga nasib etdi. G‘olib va ishtirokchilarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Turnir doirasida bir guruh faol yoshlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga qabul qilindi. Ularga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish