Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati M.Nizomiddinov va Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati X.Yakubova tomonidan Parkent tumani Nevich qishlog‘ida «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur loyiha mahalla aholisi tomonidan ilgari surilib, jamoatchilik ovozi asosida g‘olib deb topilgan edi.
Mahalla aholisi tomonidan ayrim yo‘l qismlarida asfalt sifati pastligi, tekislikning yetarli emasligi kabi kamchiliklar yuzasidan e’tirozlar bildirildi. Deputatlar e’tirozlar va takliflarni o‘rganib chiqib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli soha vakillari – qurilish tashkiloti, texnik nazorat xizmati va tuman hokimligi mas’ullariga ma’lumotlar yetkazildi.
Ko‘rilgan choralar haqida mahalla ahliga atroflicha ma’lumot beriladigan bo‘ldi.