Deputatlar xalq manfaati yo‘lida amaliy ishlarni davom ettirmoqda

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati A. Abdullajonov hamda Bo‘ka tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati A. Rasulovlar Bo‘ka tumanidagi Katta Ravot, Ravot, Istiqlol, O‘rtatepa va Baxmal mahallalarida bo‘lib, kam ta’minlangan, ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olishdi.

Uchrashuvlar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, joyida tegishli choralar belgilandi.

1-guruh nogironi J. Mamatqulov g‘isht ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanini bildirdi. Bu borada huquqiy maslahatlar berildi. Moliya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi”ga murojaat qilindi.

Shuningdek, yotib qolgan bemor J. Turdaliyev dori-darmon narxlarining yuqoriligi sababli murojaat qilgan bo‘lib, uning xarajatlari deputat A. Abdullajonov tomonidan qoplab berildi. Yana bir nuroniy onaxon — H. Ismatova yotiqlik holda ekani, toza havoga chiqish imkoniyati yo‘qligini aytdi. Deputatlar tomonidan unga nogironlik aravachasi olib berildi.

Tashrif davomida bir nechta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.

Mazkur amaliy ishlar bizning deputatlarimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga doimiy e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish