O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi va partiyadan saylangan viloyat Kengashi deputatlari tashabbusi bilan Buxoro shahridagi ijtimoiy yotoqxonada yashayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning yashash sharoiti, bandligi, farzandlarining ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganildi.
Aniqlangan muammoli holatlar joyida tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Partiyaning ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan tizimli muloqot olib borishga, fuqarolar muammosini o‘rganib, uni hal qilishga qaratilgan tashabbuslari bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.