Ehtiyojmandlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro shahar kengashi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatdan o‘tgan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Salomatlik aksiyasi” tashkil etildi.

Aksiya doirasida Buxoro shahardagi 4-son oilaviy poliklinikada 200 dan ortiq fuqaro chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rikda turli sohalar bo‘yicha mutaxassis shifokorlar aholining salomatligini tekshirib, kasallik alomatlari aniqlangan ayrim fuqarolarga statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Bu kabi amaliy aksiyalar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, erta tashxis va maqsadli davolashni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish