O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan iyul oyida tashkil etilgan “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida Shayxontohur tumanidagi Zafarobod mahallasida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur ishchi guruh tarkibi Oliy Majlis huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari mahalliy kengash deputatlari va mahalla yettiligi vakillaridan iborat edi.
O‘rganishlar davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, tadbirkorlik subyektlari va infratuzilma obyektlari holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2025-yilning 6 oyida mahalladagi 100 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Mazkur tadbir va o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining turmush darajasini o‘rganish, yoshlar bandligini ta’minlash, mavjud muammolarga amaliy yechimlar topishdan iborat.