Muammoga hamkorlikda yechim topildi

 

Xalq deputatlari Qorako‘l tuman Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputatlar L.Shermuhamedova va L.Zokirova tumanning “Sayyot” mahallasidagi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotda o‘tkazib, ularni o‘ylantirayotgan muammolar bilan tanishdi.

Muloqotga yig‘ilganlar hududdagi eng og‘riqli muammo ichimlik suvining yetishmasligini, shuningdek, mahalladagi ariqlar loyqaga to‘lib suv harakati to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

Deputatlarimiz masalaga yechim topish maqsadida tuman “Irrigatsiya” bo‘limi rahbari R.Husenovga murojaat qilishdi. Natijada “Irrigatsiya” bo‘limi va mahalliy hokimlik mutasaddilari bilan hamkorlik sayyotliklarning muammosini hal qilishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish