O‘zXDP yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi

 

Xalq deputatlari Olot tuman Kengashidagi deputatimiz N.Ne’matova hamda tuman “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida ulkan xayrli tashabbus amalga oshirildi.

Ular Buxoro viloyati Olot tumanining 35 ta mahallasidan yig‘ilgan 453 nafar ehtiyojmand oila farzandlariga o‘quv qurollari, dars tayyorlash vositalari, sport anjomlari hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘alar ulashdi.

Bunday ezgu amalning ayni yozgi ta’til vaqtida tashkil etilishi yoshlarimizning ta’tilini maroqli o‘tkazishga, ularning ilm olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish