Deputatimiz so‘rovi bilan yo‘l sozlandi
Toshkent viloyat Kengashidagi deputatimiz Muhsiddin Nizomiddinov viloyat Avtomobil yo‘llar bosh boshqarmasi rahbari J.Bekmurzayevga deputatlik so‘rovi yuborgandi.
Unda Parkent tumani markazidan Qiziltog‘ shaharchasigacha bo‘lgan D015 avtomobil yo‘lidagi chuqurlarni sozlash, yo‘l yoqasidagi maktab oldida svetafor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini qaytadan chizish so‘ralgan.
So‘rov javobda yo‘l joriy ta’mirdan chiqarilgani, yo‘l chiziqlari chizilgani aytilib, svetafor o‘rnatish rejaga kiritilgani ma’lum qilingan.