Deputatimiz mahalladagi muammolarni o‘rgandi
Bekobod tumani Kengashidagi deputatimiz I.Kodirova «O‘rikzor» mahallasi fuqarolari murojaatlariga asosan hududning mavjud muammolarni o‘rgandi.
O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, «Sant Vis Gravel» MCHJ ishlab chiqargan mahsulotlarni tashiydigan yuk mashinalaring mahalla ichki yo‘llaridan yurishi natijasida yo‘llar yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Shuningdek, hududdagi oilaviy shifokorlik punktida davolanish uchun kunduzgi statsionar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Deputat aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarishga qaror qildi.