Toshkentda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda yoshlar o‘zlarining ijtimoiy g‘oya va tashabbuslarini taqdim etdi. Ular bu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashishdi.
“Ijtimoiy tashabbuslar kuni” – ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda faol yoshlar uchun tashkil etiladigan ochiq muloqot va g‘oyalar almashuvi maydonidir.
Asosiy maqsad – yoshlarning ijtimoiy g‘oyalariga ishonch bildirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish orqali yoshlar faolligini oshirishdan iborat.