Har bir murojaat o‘z yechimini topadi

 

Samarqand viloyat kengashidagi deputatimiz N.Baratova hamda Jomboy tuman Kengashi deputati R.Ochilova tumanning Sherqo‘rg‘on mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Nogohon, Qo‘lbosti, hamda Sherqo‘rg‘on mahallalari aholisi hududdagi ayrim yechimini kutayotgan masalalarni xalq vakillariga ma’lum qilishdi. Masalan, O‘ray, Og‘ajon hamda Sherqo‘rg‘on qishloqlari ichki yo‘llariga asfalt yotqizish, maktab o‘quvchilari uchun piyodalar yo‘lagi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur murojaatlarga ijobiy yechim topish maqsadida deputatlik so‘rovini yuborishga qaror qilindi.

Shuningdek, mahallasidagi faoliyati tugatilgan qishloq shifokorlik punktini qayta tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Deputatlar ushbu masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanishdi. Natijada mas’ullar tibbiy muassasa joriy yil yakuniga qadar qayta ish boshlashini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish