Deputat tashabbusi bilan maktab ta’mirlanib, qo‘shimcha yangi bino qurilmoqda

 

Hazorasp tuman Kengashidagi deputatimiz M.Vaisovga tumanning "Munis-Xorazmiy" mahallasi fuqarolaridan murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda mahalladagi 19-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida qo‘shimcha yangi binoga ehtiyoj borligi aytilgan.

Deputat tomonidan maktabning holati o‘rganilib, tahlil qilinganida, maktab 2001 yili ishga tushirilgani va 675 o‘ringa mo‘ljallangani aniqlangan. Lekin hozirgi kunda u yerda 1175 o‘quvchi ta’lim olayotgan bo‘lib, bu belgilangan o‘quvchi sig‘imidan deyarli ikki baravar ko‘pligini anglatadi.

Shu sababdan deputat tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborib, masalaga yechim izladi. Natijada, deputatimiz tashabbusi bilan maktabni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha yangi bino qurish uchun 9 milliard 494 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Hozirda qurilish va rekonstruksiya ishlari qizg‘in davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish