Namangan viloyat kengashi tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida 7 ta ijtimoiy, innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotlarda turizmni rivojlantirish, jamoatchilik nazorati platformasini eksperimental joriy etish, Top 300 talik ro‘yxatga kiruvchi jahon oliy ta’lim muassasalariga mustaqil tayyorlanish ilovalari, “Qora askar” pashshasidan foydalanib chiqindilardan chet elda xaridorgir har bir kilogrammi 40 ming so‘m bo‘lgan oqsil va har tonnasi 60 AQSH dollari bo‘lgan biogumus mahsulotlarini keng ko‘lamda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tanishtirildi.
Yakunda mas’ullar har bir loyiha, har bir yondashuvning o‘ziga xosligini qayd etib, ularni hayotga tatbiq etish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqida atroflicha suhbatlashildi.