Faol va tashabbuskor yoshlar safi kengaymoqda
Namangan viloyati kengashi tomonidan yoshlarning siyosiy bilimlarini yuksaltirish va ularning tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
“Siyosiy savodxonlik” va “Munozara yoxud mening fikrim” shartlari asosida o‘tkazilgan bellashuvda yoshlar siyosiy jarayonlar, saylovchilik madaniyati va fuqarolik pozitsiyasi haqida qanchalik bilimga ega ekanliklarini namoyon qilishdi.
Bu kabi loyihalar yoshlarning siyosiy bilimlarini yuksaltirishga, ularni ijtimoiy hayotda faolligini oshirishga, shuningdek, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.