Yakkasaroy tumani Kengashidagi deputatimiz Baxodirjon Xallakov tomonidan Yakkasaroy tumani “Bog‘saroy” mahallasida yuzaga kelgan yo‘l harakati muammolarini bartaraf etish masalasida Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yubordi.
So‘rovda Mirobod ko‘chasining 6-uy va 12-uylar oralig‘ida, shuningdek, Vosit Vohidov ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari sababli avtomobillar bir tomonlama harakat qilmoqda. Natijada Shota Rustavelli va Tafakkur ko‘chalari orqali avtomobillar oqimi Mirobod ko‘chasiga yo‘naltirilgan. Bu esa mazkur hududlarda transport tirbandliklarini keltirib chiqarishi bilan birga piyodalar harakatlanishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Deputat mas’ul idoradan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar oqimini tahlil qilib, zarurat bo‘lganda, uni boshqa yo‘nalishga o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rishni hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etishni so‘ragan.