Ular jasorat va matonat namunasi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nogironligi bor shaxslarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirishga prinsipial masala sifatida qaraydi. Partiya bu borada amalga oshirayotgan ishlari orqali ularning o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonchini oshirib, mustaqil hayot kechirishlari uchun zamin yaratishni maqsad qilgan.

Shu yo‘lda partiyamiz Toshkent shahar kengashi hamda respublika Nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi hamkorlikda nogironligi bor shaxslar uchun mehnat yarmarkasi va ularning ijod namunalari uchun ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtimizda turli sohalarda mehnat qilayotgan nogironligi bor fuqarolar o‘z ijod namunalarini va qo‘l mehnati mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ular hayot yo‘lidagi to‘siq va qiyinchiliklarga qaramay intilishdan to‘xtamasdan jamiyatimizda matonat va jasorat timsoliga aylanib bormoqda. Ularning bunday ishonch va iroda bilan mehnat qilib nafaqat o‘z hayoti, balki oilasi va jamiyat farovonligiga ham ulkan hissa qo‘shmoqda.

Tadbir davomida ochiq va samimiy suhbatlar qurilib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Yakunda ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan boshqalarga namuna bo‘lgan ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish