Buxoroda xotin-qizlar siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi
Buxoro shahar Kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlarning siyosiy ongini yuksaltirish va ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan siyosiy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda yurtimizda ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda.
Mazkur tadbir ham ayollarning siyosiy savodxonligini oshirish va ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokiga rag‘batlantirishga qaratilgan.