Murojaatlarni ijobiy hal qilishga kelishib olindi
Murojaatlarni ijobiy hal qilishga kelishib olindi

 

Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashidagi deputatimiz G.Vohidova tumanning Guliston va Mustaqillik mahallalarida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv jarayonida aholi vakillari tomonidan murojaatlar bo‘ldi. Jumladan, hududda yo‘l va ichki kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, ish bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qator muammolar borligi aytildi.

Deputat murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi va aniqlangan muammo va kamchilliklar yuzasidan mutasaddi idoralar bilan bog‘landi. Mas’ullar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topishga va ularni ijobiy hal qilishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish