Muammoga muloqot orqali yechim topiladi

 

Partiyamiz Uchtepa tuman kengashi tashabbusi bilan “Uchtepa” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Muloqotning asosiy maqsadi fuqarolarning muammolarini tinglash va ularni joyida hal etishga qaratilgan.

Sayyor qabulda Uchtepa tuman Kengashi raisi Sh.Xoliqov va tuman hokimligi vakillari fuqarolardan tushgan murojaatlarni tinglashdi. Aholidan turli sohalarda murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, uy-joy masalalari, pensiya va nafaqa, kontrakt to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar masalasida murojaatlar qayd etildi.

Mas’ullar har bir murojaat yuzasidan joyning o‘zida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, ijobiy yechim topildi. Shu bilan birga ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar bilan muntazam ravishda o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar muammo va kamchilliklarning vaqtida aniqlanishi va ularga shu joyning o‘zida yechim topishga zamin yaratishi bilan birga fuqarolarda ishonch va mamnuniyat hissini mustahkamlaydi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish