Partiyamiz Kogon shahar kengashi tashabbusi bilan shahar ko'ptarmoqli markaziy poliklinikasida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari uchun keng qamrovli bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Bunday ko‘riklar aholi orasida kasalliklar profilaktikasi kuchaytirish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va ehtiyojmand fuqarolarning salomatligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Ko‘rik davomida 150 nafardan ortiq fuqaroning sog‘ligi batafsil tekshiruvdan o‘tkazildi. Ular orasidan 5 nafariga bepul davolanish uchun maxsus yo‘llanmalar berildi.
Fuqarolarni tekshirgan malakali shifokorlar ko‘rik jarayonida aholi vakillariga sog‘lom ovqatlanish, kasalliklarning alomatlari, doimiy profilaktik tekshiruvlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.