Deputat murojaatga asosan ichki yo‘llar muammosiga ijobiy yechim topdi

 

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati F.Sarimsoqov tumandagi “Yangikent” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llarning ta’mir talab ekanligi, yaqinlashayotgan kuz-qish mavsumida mahallaning ichki yo‘llarida nafaqat piyodalar, balki, transport vositalarining harakatlanishida ham muammolar kuzatilishi ta’kidlanib, bu borada yordam so‘raldi.

Deputatimiz yo‘llar muammosini joyiga borib o‘rgandi va darhol mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanib, masalaga yechim topishga kirishdi. Natijada mahalladagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Bugungi kunda tumanning barcha hududlarida deputatlarimiz tashabbusi bilan kuz-qish mavsumi oldidan aholi uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash va murojaatlarni amaliy hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish