Andijon tumanidagi ayrim tibbiyot muassasalarining isitish tizimida muammolar bor

 

Partiyamiz Andijon tumani kengashi deputatlari tuman tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi muassasalarga 2025-2026-yil kuz-qish mavsumi uchun 455,4 tonna import va 117,6 tonna mahalliy ko‘mir yetkazilgan.

Muassasalarga jami 23 dona yangi isitish qozonlari o‘rnatilib, mavsumga tayyor holatga keltirilgan.

Shu bilan birga o‘rganishlar davomida ayrim muassasalarda isitish tizimi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Masalan, 2-oilaviy poliklinikaning Xortum tibbiy punktida issiqlik qozoni hamda isitish tizimi umuman mavjud emas. Jevachi tibbiy punktida ta’mirlash ishlari hali ham yakuniga yetmagan bo‘lsa, Mingo‘rik tibbiy punktida issiqlik qozoni ta’mir talab holatga kelib qolgan.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanilib, masalalarga ijobiy yechim topishga qaror qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish