34 YILLIGIMIZ BUXORODA "IFTIXOR" BILAN NISHONLANDI!
        Unda partiyamiz mas’ullari, viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, jamoatchilik faollari hamda partiyamiz faxriylari ishtirok etdi. Viloyat Kengashi raisi Z.Tuyeva va boshqalar so‘zga chiqib, partiyaning mustaqillik yillaridagi faoliyati, ayniqsa, ijtimoiy himoya, adolat va tenglik g‘oyalarini ilgari surishdagi hissasi haqida batafsil fikr yuritishdi.
Tadbir yakunida partiya g‘oyalarini, dasturiy maqsadlarini uzoq yillar davomida keng jamoatchilikka targ‘ib etishda katta hissa qo‘shib kelayotgan 9 nafar fidoyilarimizga “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.
 
             
                             
                            