Partiyamizning Taxiatosh tuman kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar ijrosi o‘rganildi.
Dastlab ishchi guruh “Do‘stlik” mahallasi vakillari bilan uchrashib, dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida suhbatlashildi. Shu mahallada istiqomat qiluvchi Roza Sabirova bugungi kunda dastur asosida yordam olib qulupnay yetishtirish yo‘lga qo‘ygani va yiliga 22-23 mln. so‘m miqdorida daromad topayotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish natijalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi rahbari D.Artikov bunday o‘rganishlar doimiy ravishda barcha hududlarida olib borilishi va aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishini ma’lum qildi.