“Parlament maktabi” loyihasi yosh siyosatchilarni birlashtirgan mazmunli platforma bo‘lib, yoshlarning siyosiy fikrlashi, tashabbuskorligi va mas’uliyat bilan qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Platformada Xalq demokratik partiyasi Yoshlar parlamenti a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘z g‘oya va tashabbuslari bilan jarayonga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.
Dastur doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi mutaxassislari tomonidan mazmunli amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar qonunchilik tamoyillari, huquqiy normalardan foydalanish va siyosiy tashabbuslarni asoslash bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun siyosiy-huquqiy tafakkurini kengaytirish va tashabbuslarni puxta asoslashga xizmat qiluvchi foydali tajriba bo‘lib xizmat qiladi.