Ochiq muloqotlar muammolarga samarali yechim topishga xizmat qiladi

 

Partiyamiz Jizzax viloyat kengashi raisi Nuriddin Xolmatov hamda deputatlarimiz Paxtakor tumanining “Samarqand” mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda hududdagi mavjud muammolar, aholi qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Aholi vakillaridan mahallada gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, Ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda bo‘lgan fuqarolarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, shuningdek, davolanish va tibbiy yordam bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan murojaatlarning ayrimlariga, jumladan, tibbiy yordam va davolanish bilan bog‘liq masalalarga muloqot davomida yechim berilgan bo‘lsa, qolgan masalalar bo‘yicha mas’ullar bilan tizimli ishlar olib borishga kelishib olindi.

Aholi bilan o‘tkaziladigan bunday ochiq muloqotlar muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishga xizmat qilishi bilan birgalikda, o‘zaro ishonchni mustahkamlashi bilan ham ahamiyatlidir.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish