Deputatlarimiz hududlarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari saylovchilar bilan muloqot qilib, aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida hududlarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Fraksiyamiz a’zosi Sayyora Imamova uchrashuvlarini Beruniy tumanidagi 2-son texnikumidan boshladi. Yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning ahamiyati haqida tushuntirish berdi.

Jumladan, maktab ta’limi va kasbiy rivojlanish yo‘nalishida belgilangan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Texnikumlarda yaratilayotgan sharoitlar, ta’limning nazariya va amaliyot bilan o‘zaro uyg‘unligi, dual ta’lim shaklining mavjudligi bu yo‘nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratishi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish