Toshkentda onkologik skrining masalalari o‘rganilmoqda

 

Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan onkologiya sohasidagi dolzarb masalalar, xususan, ayollar o‘rtasida mammografik skriningni tashkil etish, uning sifati va samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh tarkibiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari kiritilgan. Faoliyat doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-402-son qarori ijrosining amaldagi holati tahlil qilinib, onkologik kasalliklarni erta aniqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar jarayonida tibbiyot muassasalarining mammografik uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi, malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari, bemorlarni skriningdan diagnostika va davolash bosqichlariga yo‘naltirish tizimi chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, aholining, ayniqsa, maqsadli yosh guruhidagi ayollarning profilaktik tekshiruvlardan o‘tish zarurati bo‘yicha xabardorlik darajasi va skrining dasturlarida muntazam ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish