Fraksiyamiz a’zosi Sh.Nazarov Ko‘kdala tumanidagi qator ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar olib bordi. Shu bilan birga "Guliston" mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputat "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, partiya fraksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan va qabul qilinayotgan Qonunlarning mazmun-mohiyati, maishiy korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yana bir deputatmiz I.Tursunov ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi. O‘rganishlar jarayonida yoshlar va aholi vakillari bilan muloqotlar tashkil etdi.
Deputatimiz yig‘ilganlarga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar mohiyati, 2026 yilga mo‘ljallangan dastur va ustuvor vazifalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.