Uchrashuvda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ko‘tarildi

 

Partiyamiz Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Rustambek Tursunmuradov Oqoltin tumani “Ahillik” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar muhokama qilindi.

Mahalla raisining ma’lum qilishicha, hududdagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’mirlash uchun “Dizayn stroy” MCHJga 5 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Quruvchilar ta’mirlash ishlarini 2025-yilning iyun oyida boshlashgan va ishlar 2025-yil dekabr oyining yakuniga qadar tugatilishi ko‘zda tutilgan.

Biroq, 2026-yil yanvar oyining yakuniga yetganiga qaramasdan, ta’mirlash ishlari hanuzgacha to‘liq yakunlanmagani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi 3 kilometr uzunlikdagi beton ariqning yaroqsiz holdaligi dehqon xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlashda muammo tug‘dirayotgani aytildi.

Deputat ko‘tarilgan masalalarni o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullar ishtirokida suhbat tashkil etildi. Tegishli tashkilotlar muammolarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish