Qurilishlarda muammolar aniqlandi
Qurilishlarda muammolar aniqlandi

 

Jizzax shahar Kengashidagi deputatimiz Baxtiyor Toshpo‘latov shahardagi 11-20-22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan ish turlaridan chetga chiqish, sifatsiz va eski qurilish materiallaridan foydalanish, shuningdek, qurilish materiallarining o‘lchovlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan qurilish tashkilotlari mutasaddilariga hamda mas’ul idoralarga axborot kiritilib, ishlarning belgilangan tartibda olib borilishi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish