Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashidagi deputatimiz Muxiddin Suyarov tomonidan G‘.G‘ulom mahallasida aholini qiynab kelayotgan infratuzilma muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida hududda yo‘l qurilishi ishlari boshlanganiga qaramay, hozirga qadar yakuniga yetkazilmagani natijasida aholi uchun qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, ichimlik suvi tarmog‘iga zarar yetishi oqibatida suv sizib chiqib, ayrim hududlarda suv to‘planib qolishi holatlari kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur muammolar yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilib, kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklarni qisqa muddatlarda tiklash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi so‘raldi.