“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar ijrosi o‘rganilmoqda. Mazkur yo‘nalishda hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilayapti.
O‘zXDP Samarqand tuman kengashi raisi Zokir Davronov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Mehrobod va Parrandachilik mahallalarida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar va infratuzilma loyihalarining bajarilish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga mavjud muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Qo‘shimcha vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘rganish yakunida dastur ijrosi monitoring qilinib, aholi farovonligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.