Tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib borilmoqda
O‘rganishda birlamchi tibbiy xizmat sifati, tezkorligi, dori-darmon ta’minoti holati, shifokorlar malakasi, ularning aholiga munosabati, zamonaviy diagnostika vositalari bilan jihozlanish darajasi hamda profilaktika ishlari va kasalliklarning oldini olish borasidagi mavjud holat tahlil qilindi.
Tahlillarda aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Hududdagi boshqa poliklinikalar faoliyatini o‘rganish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.