Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

 

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati F. Bahodirov aholi talabiga ko‘ra, “Baliqliko‘l” mahallasi Xushnudlik ko‘chasida transformator eskirgani, o‘ta past kuchlanishda ishlayotgani va eski simyog‘ochlarni almashtirish zarurligi yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘rovi tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Bugungi kunda mazkur masala ijobiy hal etilib, korxona xodimlari yangi transformator o‘rnatish ishlarini boshladilar. Shuningdek, eski simyog‘ochlar o‘rniga temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, fazalar o‘rtasidagi yuklamalar tenglashtirilishi va natijada elektr energiyasi kuchlanishi me’yoriy holatga o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish