Deputatimiz yo‘l ta’miri masalasini hal qildi
Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi deputati N. Dedaxanova tomonidan saylovchilarning murojaati asosida ko‘tarilgan masala ijobiy yechim topdi.
Avvalroq “Muborak” mahallasi aholisi va 10-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati yo‘l ta’miri masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari va soha mutasaddilari bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida zarur mablag‘lar ajratilib, muammo bartaraf etildi.