Izboskan tumanidagi bog‘cha holati belgilangan standartlarga to‘g‘ri kelmaydi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Nurmatov Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi.

3-DMTT o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan, keyinchalik moslashtirilgan binoda faoliyat ko‘rsatmoqda. 90 o‘ringa mo‘ljallangan binoda hozirgi kunda 150 nafar bola tarbiyalanmoqda. Mazkur bino tumanning 2027-yilgi ta’mirlash dasturiga kiritilgan.

Fotolavhalardan ko‘rinib turibdiki, muassasaning bugungi holati ijtimoiy normalar, sanitariya va xavfsizlik qoidalariga to‘liq javob bermaydi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish