Deputatimiz aholi murojaatiga yechim topildi

 

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashidagi deputatimiz Z.Abduvaliyevga “Shopo‘lat” mahallasi faollaridan murojaat kelib tushgan edi. Unga ko‘ra, mahallaning ichki ko‘chalari harakatlanish uchun noqulay va ta’mir talab holatga kelib qolgani aytilgan.

Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi va hududdagi “Yaxshilar” ko‘chasidagi yo‘lning infratuzilmasi talabga javob bermasligi, bu esa transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘layotganiga guvoh bo‘lindi.

Shundan so‘ng deputatimiz mas’ul idoralarga so‘rov yuborib, mazkur masalaga ijobiy yechim topdi. Natijada mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish