Buxoroda deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi deputatimiz Gulhayo Xaydarova o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi kotibiyati mudiri Shamsiddin Yashiyev, tegishli tashkilotlar va mas’ul idoralar vakillari ishtirok etib, fuqarolarning murojaat hamda takliflari tinglandi.

Muloqot davomida hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi bo‘yicha monitoring olib borilishi ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish