Deputat mahalladagi infratuzilma loyihalari bilan tanishdi

 

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati F.Tursunqulov “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Avlod” mahallasidagi Ko‘ksoy ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida yo‘l qurilishi ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi. Shuningdek, mahalla aholisining fikr va takliflari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi o‘rganishlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish