Deputatlarimiz hududlarda nafaqat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishmoqda. Balki, investitsiyalar dasturiga kiritilib yangi qurilayotgan muassasalardagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, jarayondan boxabar bo‘lib borishmoqda.
Jumladan, xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashidagi deputatlarimiz Sh.Xudayarov va Ye.Eshchanova tumandagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida barpo etilayotgan 180 o‘rinli qo‘shimcha binoning qurilish ishlari bilan tanishdi.
Xalq vakillari qurilish ishlarining borishi, binoning belgilangan muddatda topshirilishi, qurilish standartlariga qanchalik rioya etilayotgani, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektning kelgusida foydalanishga topshirilish holatlari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilishdi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilishi lozimligi aytildi.