Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammo yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

 

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Sanjar Sobirjonov tomonidan Beg‘ubor mahallasida joylashgan 173-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasa binosidagi deraza va eshik romlarining eskirgani, ayrim qismlarining texnik holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Mazkur holat kuz-qish mavsumida xonalarda issiqlikni saqlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Aniqlangan muammo yuzasidan Yunusobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda muassasa binosidagi deraza va eshik romlari holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, eskirgan qismlarni ta’mirlash yoki almashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur masala bolalar uchun xavfsiz va qulay ta’lim-tarbiya muhitini yaratish maqsadida deputatlik nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish