Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati G. Mirzayeva hamda Nurobod tuman Kengashidagi partiya deputatlari B. Suyunov va X. Xazratovalar ishtirokida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, belgilangan tadbirlarning ijrosi hamda qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va infratuzilma obyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mas’ul tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ishlar sifati, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.
Ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.