Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashidagi deputatimiz Oybek Mamatqulov Zomin tumanidagi “Chilonzor” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan chegara hududida joylashgan 45 ta xonadonning kommunal infratuzilmasini yaxshilash, 72-sonli umumta’lim maktabi hududini temir panjara bilan o‘rash, tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilashga oid qator masalalar o‘rtaga tashlandi.
Deputat har bir murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganishini, mavjud vaziyatni aniqlashtirgandan so‘ng ularni samarali hal etish uchun mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, lozim bo‘lsa tegishli so‘rov yuborishini ma’lum qildi.